O'zbekiston va Xitoy tadbirkor ayollari o'rtasidagi aloqalar yanada mustahkamlanadi
Biznes
Guanchjoudagi uchrashuvda ikki mamlakat tadbirkor xotin va qizlari o'rtasida biznes-forumlar o'tkazish masalalari muhokama qilindi.
Ikki davlat oʻrtasidagi muloqot chogʻida oʻzaro hamkorlik bo'yicha tegishli bitimni ishlab chiqish va imzolash masalalari koʻtarildi.
O‘zbekistonning Guanchjoudagi Bosh konsulligi ko'magida O'zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, “Tadbirkor ayol” xalqaro ishbilarmon ayollar uyushmasi, “Sharq ayoli” xalqaro ayollar jamoat fondi va Shenchjen Tadbirkor ayollar uyushmasi rahbariyati o'rtasida uchrashuv tashkil etildi.
Shenchjen Tadbirkor ayollar uyushmasi bosh kotibi Yanxua Jeng bugungi kunda 600 dan ortiq ishbilarmon ayollarni o'zida birlashtirgan tashkilot davlat va tijorat uyushmalari bilan hamkorlikda qator tadbirlarni o'tkazishini ta'kidladi. Xabar qilinishicha, uyushma 3 toifada, ya'ni ishbilarmon ayollar, rahbar ayollar va turli biznes yo'nalishida faoliyat olib boruvchi xotin-qizlarni birlashtirgan.
“Tadbirkor ayol” xalqaro ishbilarmon ayollar uyushmasi raisi Gulnora Maxsudova va “Sharq ayoli” xalqaro ayollar jamoat fondi raisi Saodat Tursunboyeva o'z chiqishlarida O'zbekistonda xotin-qizlar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida aytib o'tdilar.
Buning barobarida, o'zaro delegatsiyalar almashinuvini yo'lga qo'yish va Shenchjen shahri tadbirkor ayollar tajribasini o'rganish bo'yicha hamkorlikka qiziqish bildirildi.

Powered by Froala Editor