O‘zbekiston va Xitoy Toshkentda ekologik ilmiy markaz tashkil etadi

Toshkentda ekologiya va iqlim masalalari bo‘yicha Markaziy Osiyo ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etiladi. O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda Xitoy Fanlar akademiyasining Sinszyan ekologiya va geografiya instituti o‘rtasida tegishli anglashuv memorandumi imzolandi.

O‘zbekiston va Xitoy Toshkentda ekologik ilmiy markaz tashkil etadi
Markaz "Green University" negizida faoliyat yuritadi va barqaror rivojlanish sohasida ilmiy tadqiqotlar, kadrlar tayyorlash, texnologiyalarni joriy etish va tajriba almashish platformasiga aylanadi. Qo‘shma anjumanlar o‘tkazish, laboratoriyalar tashkil etish, amaliy loyihalarni amalga oshirish va kadrlar salohiyatini rivojlantirish rejalashtirilgan.

Muzokaralarda 2024-yil yanvar oyida imzolangan kelishuvni amalga oshirish, jumladan, O‘zbekistonning bir qator hududlarida galofit botanika bog‘larini yaratish, 1,4 tonna urug‘ yetkazib berish, ifloslanish monitoringi uchun raqamli tizimlarni joriy etish va xitoylik mutaxassislarning "Yashil makon" umummilliy tashabbusida ishtirok etishiga alohida e’tibor qaratildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing