O‘zbekiston va Yaponiya energetika sohasidagi hamkorlikni kengaytirishda davom etadi
O'zbekiston
O‘zbekiston va Yaponiya energetika sohasida o‘zaro manfaatli loyihalarni ilgari surishni davom ettirishga kelishib oldi. 10-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri Sherzod Xo‘jayev Yaponiya Iqtisodiyot, savdo va sanoat davlat vaziri Kenji Yamada bilan uchrashdi.
Tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qilib, energetika ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklikning muhim yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladilar.
Muzokaralar davomida O‘zbekistonda yetakchi yapon energetika kompaniyalari ishtirokidagi yirik loyihalarni amalga oshirish jarayoni ko‘rib chiqildi. Ular elektr energiyasi ishlab chiqarish, elektr uzatish liniyalarini rivojlantirish hamda mamlakat gaz transporti tizimi infratuzilmasini modernizatsiya qilish yo‘nalishlarini qamrab oladi.
Kenji Yamadaning tashrifi O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi iqtisodiy muloqot faollashayotgan bir paytga to‘g‘ri kelmoqda. 9-sentabr kuni Toshkentda O‘zbekiston–Yaponiya va Yaponiya–O‘zbekiston iqtisodiy hamkorlik qo‘mitalarining 18-qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Mitsubishi Corporation, JETRO, JOGMEC, JICA, JBIC va NEXI kabi yapon kompaniyalari va tashkilotlari vakillari qatnashdi.
Uchrashuv yakunida energetika sohasidagi o‘zaro manfaatli loyihalarni yanada ilgari surish va yaqin hamkorlikni izchil davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Powered by Froala Editor