O'zbekiston va Yaponiya o'rtasidagi ishbilarmonlik hamkorligining yangi tashabbuslari aniqlandi
Iqtisodiyot
Yaponiya Iqtisodiyot, savdo va sanoat davlat vaziri Ryosuke Kozukining Toshkentga tashrifi doirasida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Yaponiya biznes forumi ishbilarmonlik hamkorligining yangi tashabbuslarini belgilab berdi.
10-yanvar kuni poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan forumda asosiy vazirlik va idoralar, tarmoq birlashmalari rahbarlari, shuningdek, ikki mamlakatning turli sohalardagi 200 ga yaqin yirik kompaniyalari vakillari, jumladan, IT, energetika, raqamli transformatsiya, sog'liqni saqlash, qishloq xo'jaligi, elektrotexnika sanoati, tibbiyot, farmatsevtika va boshqa soha vakillari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida IT sohasi, muqobil energetika, ta’lim, tibbiyot sohalarida ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Bundan tashqari, “Energetika transformatsiyasi istiqbollari” va “Sanoatni rivojlantirishda raqamli transformatsiya. Yaponiya startaplari O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish vositasi sifatida” mavzularida panel munozaralari o‘tkazildi.
Laziz Qudratov O'zbekiston iqtisodiy rivojlanish va investitsiya muhitini yaxshilash sohasida muhim qadamlar qo'yganini, bu esa xorijiy investitsiyalarni jalb etish va savdoni rivojlantirishga yordam berayotganini ta'kidladi. Qolaversa, u O‘zbekistonning mintaqalararo transport yo‘laklarini diversifikatsiya qilishga hissa qo‘shayotgan va turli bozorlarga chiqish imkonini beruvchi xalqaro transport loyihalarida faol ishtirok etayotganini ta’kidladi.
Forum turli sohalardagi hamkorlik to'g'risidagi 14 ta hujjatni imzolash bilan yakunlandi va loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” shakllantirildi.

Powered by Froala Editor