O‘zbekiston Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan hamkorlikni mustahkamlamoqda
Iqtisodiyot
Toshkentda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari - iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov Xalqaro moliya korporatsiyasining (IFC) mintaqaviy direktori Vibke Shlomer boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi. Tomonlar investitsiyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish va asosiy islohotlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.
Asosiy e’tibor davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, yer resurslaridan samarali foydalanish, shuningdek, energetika, "yashil" iqtisodiyot, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligi sohalarida yangi loyihalarga qaratildi. IFC O‘zbekistonning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi va investitsiya muhitini yaxshilash borasidagi sa’y-harakatlarni yuqori baholadi.
Davlat banklarini transformatsiya qilish va xususiylashtirish masalalari muzokaralarning yana bir mavzusi bo‘ldi. Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va yangi investitsiya loyihalarini ishga tushirish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi.

Powered by Froala Editor