O‘zbekiston YXHT Parlament Assambleyasi sessiyasida islohotlarini taqdim etdi
Dunyo
Parlament diplomatiyasi xalqaro hamkorlikni rivojlantirishning muhim vositalaridan biri bo‘lib qolmoqda va O‘zbekiston xorijiy hamkorlar bilan muloqotni kengaytirish uchun ushbu maydondan faol foydalanmoqda.
O‘zbekiston parlament delegatsiyasi xalqaro huquq, xavfsizlik va YXHT hududidagi hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan YXHT Parlament Assambleyasining 33-yillik sessiyasida ishtirok etdi. Delegatsiya tarkibida Oliy Majlis Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi Odiljon Mamatkarimov ham qatnashdi.
Forumda Yevropa, Shimoliy Amerika va Markaziy Osiyo davlatlaridan 250 dan ortiq delegatsiya vakillari ishtirok etib, parlament diplomatiyasi, xalqaro xavfsizlikni mustahkamlash, demokratik institutlarni rivojlantirish, inson huquqlarini himoya qilish hamda nizolarning oldini olish masalalarini muhokama qildilar.
Markaziy Osiyo va Ipak yo‘li guruhi yig‘ilishlarida O‘zbekiston delegatsiyasi “Yangi O‘zbekiston” taraqqiyot strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar, parlament faoliyati, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy sohadagi o‘zgarishlar haqida ma’lumot berdi.
Sessiya doirasida delegatsiya YXHT Parlament Assambleyasi Bosh kotibi, YXHT PAning Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili hamda Niderlandiya delegatsiyasi rahbari bilan uchrashuvlar o‘tkazib, parlamentlararo hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.

Powered by Froala Editor