O'zbekiston za'faronni Germaniyaga eksport qiladi
Biznes
O'zbekistonda yetishtirilgan za'faronni Germaniyaga eksport qilish ishlarini samarali yo'lga qo'yish maqsadida, O'zbekistonning "BMB Holding" va Germaniyaning "Breitzmann Edelmetalle & Diamanten" kompaniyalari vakillari o'rtasida muzokaralar tashkil etildi.
O'zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilingan uchrashuv "BMB Holding" bosh ofisida uyushtirildi. Unda "Breitzmann Edelmetalle & Diamanten" kompaniyasi asoschisi va Bavariya-O'zbekiston do'stlik jamiyati raisi Karl-Xayns Braytsman boshchiligidagi delegatsiya qatnashdi.
Muloqot davomida Germaniya bozoriga "BMB Za'faron" yorlig'i ostida yetishtirilayotgan mahsulotlarni eksport qilish istiqbollari, mamlakatimizda zamonaviy nemis texnologiyalarini joriy etish va "BMB agro plus" korxonasida qayta ishlangan meva-sabzavotlarni Germaniya savdo tarmoqlariga yetkazib berish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Muzokaralar yakunida, Germaniya bozoriga O'zbekistonda yetishtirilgan za'faron mahsuloti eksportini yo'lga qo'yish, "BMB Holding" rahbariyatining ushbu mamlakatga safarini tashkil qilish, o'zaro manfaatli yo'nalishlarda hamkorlikni yana-da jadallashtirish to'g'risida kelishib olindi.
Ma'lumot uchun, ushbu ushrashuv joriy yilning 31-oktabr kuni "BMB Holding" bosh ofisida o'tkazilgan dastlabki muzokaralarning davomi hisoblanadi.
"BMB Za'faron" mahsulotining Germaniya kabi yirik bozorlarda o'z o'rnini mustahkamlashi O'zbekistonda yetishtirilgan za'faronni jahon bozoriga olib chiqishda muhim qadamlardan biri bo'ldi. Bu kabi tashabbuslar nafaqat eksport hajmini oshirishga, balki ikki mamlakat o'rtasidagi iqtisodiy aloqalarni yana-da mustahkamlashga xizmat qiladi.

Powered by Froala Editor