O'zbekistonda 1-avgustdan boshlab avtomobil raqamlari tasodifiy tanlash orqali beriladi
O'zbekiston
Xaridorgir harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega boʼlgan roʼyxatdan oʼtkazish davlat raqami belgilari oshirilgan toʼlov stavkalaridagi raqamlar bundan mustasno bo'ladi.
Oʼzbekistonda 2024 yil 1 avgustdan boshlab avtomobillarga davlat raqamlari tasodifiy tarzda beriladi. Unda raqamlar Yoʼl harakati xavfsizligi xizmatining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimidagi “Davlat raqam belgilari” modulida avtomatik tarzda beriladi.
Faqat xaridorgir harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega boʼlgan roʼyxatdan oʼtkazish davlat raqami belgilari oshirilgan toʼlov stavkalaridagi raqamlar bundan mustasno.
Bundan tashqari, shu yilning 1 dekabridan boshlab avtomototransport vositalarini davlat roʼyxatidan oʼtkazish davlat raqami belgilarini berish bilan bogʼliq murojaatlarni YHXXning mobil ilovasi, rasmiy sayti, Call-markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali avtomobillarni roʼyxatdan oʼtkazish va raqam berish boʼyicha murojaatlarni yuborish va oʼsha yerning oʼzida toʼlovni amalga oshirish mumkin boʼladi.

Powered by Froala Editor