O'zbekistonda 125 million tup ko‘chat ekish rejalashtirilmoqda

O'zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o’tayotgan videoselektor yig‘ilishida bu yil bahorda “Yashil makon” loyihasi doirasida 125 million tup ko‘chat ekish belgilangani qayd etildi.

O'zbekistonda 125 million tup ko‘chat ekish rejalashtirilmoqda
Lekin, aksariyat viloyat va tumanlarda daraxt ekadigan joylar haligacha belgilanmagani, sug‘orish va ko‘chatga pul ajratilmagani tanqid qilindi.

Qolaversa, avtomobil va temir yo‘l bo‘ylari, daryo va kanal yoqalarida, mahallada, ko‘chada, ko‘p qavatli massivlarda daraxt va gul ekish, ozodalikni ta’minlash ishlari sustligi ko‘rsatib o‘tildi.

Qurilish tashkilotlari, sement, g‘isht, ohak, neft-gaz va kimyo, bo‘yoq, charm mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar, issiqlik korxonalari, yoqilg‘i quyish shoxobchalari o‘z faoliyati bilan atrof-muhitga ko‘rsatayotgan ta’siriga yarasha daraxt ekish bo‘yicha tashabbus ko‘rsatmayotgani qayd etildi.

Umuman, yig’ilishda daraxt ekishni ommalashtirish, umummilliy harakatga aylantirishda targ‘ibot va tushuntirish ishlari yetarlicha olib borilmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing