O‘zbekistonda 5 oyda 57 542 dona Cobalt avtomobili ishlab chiqarildi

O'zbekiston

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-may oylari davomida mamlakatimiz avtomobil sanoati salmoqli miqdorda yengil avtomobillar ishlab chiqardi.

O‘zbekistonda 5 oyda 57 542 dona Cobalt avtomobili ishlab chiqarildi
Cobalt ishlab chiqarish bo'yicha yetakchi bo'lib, hajmi 57 542 donaga yetdi.

Ushbu davrdagi boshqa modellarning ishlab chiqarish ko'rsatkichlari quyidagicha:

— Damas – 31 239 dona

— Tracker – 19 279 dona

— Onix – 14 905 dona

— Lacetti-Gentra – 11 913 dona

— KIA – 7 433 dona

— Chery – 4 000 dona

— Haval – 230 dona

— Exeed – 93 dona

— Maxsus engil avtomobillar – 10 198 dona

Avtomobilsozlik O‘zbekiston iqtisodiyotida yetakchi o‘rinlardan birini egallab, aholining katta qismini ish bilan ta’minlab kelmoqda. Mamlakatda har yili 250 mingtagacha avtomobil ishlab chiqariladi. O‘zbekiston avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha jahon ishlab chiqaruvchilari orasida 28-37-o‘rinlarni egallab, postsovet hududida Rossiyadan keyin ikkinchi, Markaziy Osiyo davlatlari orasida birinchi o‘rinda turadi.

O‘zbekiston 1998-yildan buyon Xalqaro avtotransport ishlab chiqaruvchilar tashkiloti (OICA) a’zosi hisoblanadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing