O‘zbekistonda bojxona faoliyatini takomillashtiriladi
O'zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev yuk aylanmasini tezlashtirish, biznes uchun tartib-taomillarni soddalashtirish va ilg‘or texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan bojxona tizimini raqamlashtirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha yangi qadamlarni ma’qulladi.
24-fevral kuni bo‘lib o‘tgan taqdimotda davlatimiz rahbari bojxona sohasidagi asosiy o‘zgarishlar bilan tanishdi. So‘nggi yillarda 35 ta elektron xizmat yo‘lga qo‘yilib, eksport muddatlari 3 barobar qisqardi, byudjet tushumlari 9 barobar oshdi.
Yangi tashabbuslar orasida chegarada "qizil" va "yashil" yo‘laklar tizimini ishga tushirish, sun’iy intellekt yordamida tovarlarning rentgen tasvirlarini avtomatik tahlil qilish, chegarani kesib o‘tishni ikki baravar tezlashtiradigan avtobus reyslari yo‘lovchilarini dastlabki tekshirish kabilar bor.
Prezident bojxona qonunchiligini Jahon savdo tashkiloti talablariga moslashtirish, sun’iy intellekt va xavf-xatarlarni tahlil qilish bo‘yicha kadrlar tayyorlashni kuchaytirish, tadbirkorlar va turistlarga yanada qulaylik yaratish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.

Powered by Froala Editor