O’zbekistonda Cobalt va Damas avtomobillari eng ko’p ichlab chiqarilmoqda

O'zbekiston

Statistika agentligi O’zbekistonda birinchi yarim yillikda ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni bo’yicha ma’lumot berdi.

O’zbekistonda Cobalt va Damas avtomobillari eng ko’p ichlab chiqarilmoqda
O’zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2024-yilning yanvar-iyun oylarida ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni umumiy hisobda 189 886 tani tashkil etdi.

Eng yuqori ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar Cobalt hamda Damas avtomobillari bo’lsa, Exeed avtomobili atigi 95 ta ishlab chiqarilgan.

Cobalt – 72 948 dona,
Damas – 38953 dona,
Tracker – 21 497 dona,
Lacetti-Gentra – 12 635 dona,
Onix – 17 432 dona,
KIA – 9 270 dona,
Chery – 4 160 dona,
Haval – 542 dona,
Exeed – 95 dona,
Maxsus yengil avtomobillar – 12 804 donani tashkil etgan.
Ma’lumot uchun, O’zbekistonda 2023 yilda ham Cobalt va Damas avtomobillari mos ravishda 118 093 hamda 89 154 ta ishlab chiqarish bilan yetkachilik qilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing