O'zbekistonda elektr energiyasi va gaz uchun yangi tariflar

O'zbekiston

2025 yil 1 apreldan boshlab, O‘zbekistonda elektr energiyasi va gaz uchun yangi tariflar kuchga kiradi. Ushbu qaror energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilish, eskirgan uskunalarni almashtirish va quvvatlarni oshirish zarurati bilan bog‘liq, deb xabar berdi "Hududiy elektr tarmoqlari" matbuot xizmati.

O'zbekistonda elektr energiyasi va gaz uchun yangi tariflar
Elektr energiyasining yangi tariflari

Elektr plitalardan foydalanadigan ko‘p qavatli uylar uchun:

200 kVt/soatgacha — 300 so‘m (ilgari 225 so‘m);

201–1000 kVt/soat — 500 so‘m;

1001–5000 kVt/soat — 750 so‘m;

5001–10 000 kVt/soat — 875 so‘m;

10 000 kVt/soatdan ortiq — 1000 so‘m.

Boshqa iste’molchilar uchun:

200 kVt/soatgacha — 600 so‘m (ilgari 450 so‘m);

201–1000 kVt/soat — 1000 so‘m (ilgari 900 so‘m);

1001–5000 kVt/soat — 1500 so‘m (ilgari 1350 so‘m);

5001–10 000 kVt/soat — 1750 so‘m (ilgari 1575 so‘m);

10 000 kVt/soatdan ortiq — 2000 so‘m (ilgari 1800 so‘m).

Gaz narxlarining yangi tariflari
500 kubometrgacha: 1000 so‘m (ilgari 650 so‘m);

500–2500 kubometr: 1800 so‘m;

10 000 kubometrdan ortiq: 3000 so‘m.
Siqilgan gaz narxi kilogramm uchun 2000 so‘mni tashkil qiladi.

Ushbu choralar energiya ta’minoti sifatini yaxshilashga qaratilgan bo‘lsa-da, iste’molchilar uchun xarajatlarning oshishiga olib keladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing