O‘zbekiston Eng baxtli davlatlar reytingida 53-o‘rinni egalladi

O'zbekiston

Hisobot an’anaviy tarzda 20 mart – Xalqaro baxt kunida e’lon qilinadi. U BMT tashabbusi doirasida Gallup instituti va Oksford farovonlik tadqiqot markazi ishtirokida har yili chop etiladi.

O‘zbekiston Eng baxtli davlatlar reytingida 53-o‘rinni egalladi
Tadqiqot 147 ta mamlakatni qamrab oldi va ikki asosiy ko‘rsatkichga asoslandi. Birinchisi — «Kantril narvoni» deb ataluvchi baholash bo‘lib, aholiga o‘z hayot sifati 0 dan 10 gacha bo‘lgan shkalada baholash taklif etilgan. O‘zbekistonda o‘rtacha ko‘rsatkich 6,2 ball atrofida bo‘ldi.

Ikkinchi ko‘rsatkich — ijtimoiy faollik darajasi: xayriya ishlari, begonalarga yordam ko‘rsatish va qonunlarga rioya qilish. Bundan tashqari, ijobiy va salbiy hissiyotlar ham inobatga olingan.

Qo‘shni davlatlar orasida Qozog‘iston 43-o‘rinni egallab, yuqoriroqda turdi, Rossiya 66-o‘rinda, Qirg‘iziston 75-o‘rinda, Tojikiston esa 90-o‘rinda joylashdi.

Reytingda sakkizinchi yil ketma-ket Finlandiya yetakchilik qildi. Shuningdek, Daniya, Islandiya, Shvetsiya va Niderlandiya baxtli davlatlar beshligidan o‘rin oldi. Eng baxtsiz mamlakatlar sifatida esa Livan, Syerra-Leone va Afg‘oniston qayd etildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing