Yangi tashabbus: “Sog‘lom inson – sog‘lom millat”

Sport

Yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish va sportga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish maqsadida yana bir muhim tashabbus ilgari surildi. “Sog‘lom inson – sog‘lom millat” nomli sport sinovlari ommaviy sportni rivojlantirish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadamlardan biridir.

Yangi tashabbus: “Sog‘lom inson – sog‘lom millat”
Bugun  Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida “Sog‘lom inson – sog‘lom millat” umumxalq harakati doirasida o‘quvchilar o‘rtasida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari hamda o‘qituvchilar ishtirokida “Sog‘lom tanda – sifatli ta’lim” shiori ostidagi O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kubogi sport musobaqasiga ramziy start berildi.

Tantanali ochilish marosimida sport va ta’lim tizimi vakillari, mutasaddilar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbirda so‘zga chiqqan rasmiylar mamlakatimizda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yosh avlodning jismoniy rivojlanishini ta’minlash borasida olib borilayotgan tizimli islohotlar haqida to‘xtalishdi.

Mazkur tashabbus orqali yoshlar orasida sportni kundalik hayotga aylantirish, ularni faol va sog‘lom hayotga yo‘naltirish ko‘zda tutilgan. Kelgusida ushbu sinovlar sportga iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash va jamiyatda sog‘lom avlodni shakllantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing