O‘zbekistonda kambag’allikni qisqartirish bo‘yicha yangi chora-tadbirlar joriy etilmoqda

O'zbekiston

Mamlakatda 2025-yilgacha ish bilan bandlikni oshirish va kambag’allik darajasini pasaytirishga qaratilgan keng ko‘lamli tashabbuslar e’lon qilindi.

O‘zbekistonda kambag’allikni qisqartirish bo‘yicha yangi chora-tadbirlar joriy etilmoqda
5,2 millionta yangi ish o‘rni yaratish va 1,5 million kishini qashshoqlikdan chiqarish rejalashtirilmoqda. Birinchi marta 60 ta tuman va shaharga "kambag’allik va ishsizlikdan xoli hudud" maqomi beriladi.

Asosiy yo‘nalishlar:

Kichik biznesni rivojlantirish: Tadbirkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun 120 trillion so‘m ajratiladi, bu 1,5 million kishining ish bilan ta’minlanishini va yana 2 million fuqaroning biznesga jalb etilishini ta’minlaydi.

Energiya yechimlari: Murakkab mahallalarda umumiy quvvati 107 megavatt bo‘lgan quyosh elektr stansiyalari quriladi, bu kam ta’minlangan oilalar uchun ish o‘rinlari yaratadi.

Ekologik loyihalar: 123 ta tumanda 20 ming gektar maydonda o‘rmon va shifobaxsh o‘simliklar ekish ishlari boshlanadi. Dastur ishtirokchilariga ekilgan har bir maydon uchun subsidiya ajratiladi.

Turizm va raqamlashtirish: Turistik zonalarda mehmon uylari va ovqatlanish joylari ochiladi, pochta bo‘limlari qoshida esa kam ta’minlangan fuqarolarni ish bilan ta’minlash uchun elektron tijorat markazlari tashkil etiladi.

Uzoq hududlarga alohida e’tibor qaratiladi: Qiyin sharoitdagi qishloqlarda Mahalla uyushmasi tadbirkorlikni rivojlantirish, boqimandalik kayfiyatini kamaytirish va mehnatga layoqatli aholini o‘qitish tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaydi.

2025-yil kambag’allikga qarshi kurashda hal qiluvchi yil deb e’lon qilindi. Tashabbuslarni amalga oshirish uchun vazifalar va yaratilgan ish o‘rinlarini kuzatishga imkon beruvchi elektron platforma joriy etiladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing