O‘zbekistonda Kasbiy ta’lim agentligi tashkil etiladi

O'zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yilni “Kasb-hunar o‘qitish yili” deb e’lon qilib, 9-sinf bitiruvchilarining kasb-hunar ta’limiga qamrovini keskin oshirish vazifasini qo‘ydi.

O‘zbekistonda Kasbiy ta’lim agentligi tashkil etiladi
Bugungi kunda mamlakatda 598 ta texnikum faoliyat yuritib, ular 450 ming nafargacha o‘quvchini qabul qila oladi. Lekin bu yil maktabni bitirgan 608 ming nafar 9-sinf o‘quvchisidan atigi 182 mingtasi texnikumlarda o‘qishni davom ettirmoqda.

Davlat rahbari texnikumlarni yoshlar uchun katta imkoniyat va resurs sifatida baholab, ulardan samarali foydalanish zarurligini ta’kidladi.

Mutasaddilarga Prezident va ixtisoslashgan maktablarda to‘plangan tajriba asosida texnikumlarda xalqaro standartlarga mos sharoit va dasturlarni joriy etish vazifasi topshirildi.

Kelgusi o‘quv yilida 9-sinf bitiruvchilarining kamida 50 foizi — qo‘shimcha yana 200 ming nafar o‘quvchi — texnikumlar bilan qamrab olinishi belgilandi.

Bu jarayonni yagona siyosat asosida boshqarish uchun Kasbiy ta’lim agentligi tashkil etiladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing