Oʼzbekistonda mansabdor shaxslar talon-taroj qilish yoki pora oldi-berdisi jinoyatini koʼproq sodir etmoqda

O'zbekiston

Bosh Prokuratura 2024-yilning birinchi yarimyilligida 2389 nafar mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortilganini ma'lum qildi.

Oʼzbekistonda mansabdor shaxslar talon-taroj qilish yoki pora oldi-berdisi jinoyatini koʼproq sodir etmoqda
O'zbekiston Bosh prokuraturasi mamlakatdagi mansabdor shaxslarning 2024 yil dastlabki 6 oyi davomida jinoyatchiligi tahlilini eʼlon qildi. Ushbu vaqt davomida 2525 ta jinoyat ishi boʼyicha 2389 nafar mansabdor jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdorlarning 23 nafari respublika miqyosidagi xodimlar, 223 nafari viloyat miqyosidagi xodimlar, 2143 nafari tuman (shahar) miqyosidagi xodimlarni tashkil etadi.

Oʼzganing mulkini oʼzlashtirish yoki rastrata yoʼli bilan talon-taroj qilish orqali jinoyatni sodir etganlar 1477 nafar, pora oldi-berdisi, unda vositachilik qilish jinoyatini sodir etganlar 158 nafar, firibgarlik jinoyatiga qo'l urganlar 191 nafarga hamda mansab vakolatini suiisteʼmol qilganlar 104 nafarga yetgan.

Bundan tashqari, 30 nafar mansabdor hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqqan, 48 nafari mansab soxtakorligiga yoʼl qoʼygan, 28 nafari mansabga sovuqqonlik bilan qaragan va 363 nafari boshqa turdagi jinoyatlarni sodir etgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing