O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ulushi rekord darajadagi 30,6% ga yetdi

Iqtisodiyot

26-may kuni Oʻzbekiston energetika tarixida ilk marotaba shamol va quyosh elektr stansiyalarining ulushi 10,5% ni, qayta tiklanuvchi energiya manbalarining jami ulushi esa 30,6% ni tashkil qildi, deb xabar bermoqda Energetika vazirligining matbuot xizmati.

O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ulushi rekord darajadagi 30,6% ga yetdi
Qayd etilishicha, 26-may kuni mamlakatimizdagi barcha elektr stansiyalar tomonidan 184,3 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi.

Xususan, shu kuni quyosh elektr stansiyalar orqali 15,6 mln kVt·soat hamda shamol turbinalari yordamida 3,7 mln kVt·soat, jami 19,3 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Natijada, quyosh va shamol elektr stansiyalari ulushi 26-may kuni 10,5% ni tashkil etdi.

Vazirlik, shuningdek, Gidro elektr stansiyalar orqali ishlab chiqarilgan 37 mln kVt·soat elektr energiyasini ham qoʻshganda, 26-may kuni jami 56,3 mln kVt·soat elektr energiyasi qayta tiklanuvchi energiya manbalari yordamida ishlab chiqarilgani hamda uning ulushi umumiy ishlab chiqarishning 30,6% ni tashkil etganini ta’kidlamoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing