O‘zbekistonda soliq nizolari bo‘yicha kengash tashkil etiladi
O'zbekiston
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Soliq nizolarini sudgacha hal qilish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-223-son qarorni imzoladi. Yangi hujjat tadbirkorlar soliq organlarining qarorlari yuzasidan nizolashganda duch keladigan vaqt va xarajatlarni kamaytirishga qaratilgan.
Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi huzurida Soliq nizolari bo‘yicha ekspert kengashi tashkil etiladi. Uning tarkibiga soliq, iqtisodiyot, moliya va huquq sohalari mutaxassislari kiradi.
Kengash nima qiladi:
soliq nizolari bo‘yicha tadbirkorlarning murojaatlarini ko‘rib chiqish (jinoiy va sudga berilganlaridan tashqari);
ekspert xulosalarini chiqarish;
qarorlarni ariza beruvchini albatta xabardor qilgan holda tegishli organlarga yuborish.
Ishning formati:
Kengash majlislari har oyda kamida ikki marta o‘tkaziladi.
Yangi tuzilma biznesga nizoli holatlar bo‘yicha ishni sudgacha yetkazmasdan, xolis va malakali xulosa olish imkonini beradi hamda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chorasi bo‘ladi.

Powered by Froala Editor