O‘zbekistonda Tadbirkorlar Reytingi Barqarorlikni Oshirishga Yordam Bermoqda

Biznes

O‘zbekistonda 2024-yilning 1-fevralidan boshlab Prezidentning qaroriga asosan “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi” joriy etildi. Bu reyting tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar va muhim soliq imtiyozlarini taqdim etmoqda.

O‘zbekistonda Tadbirkorlar Reytingi Barqarorlikni Oshirishga Yordam Bermoqda
Reyting natijalari avtomatik tarzda Soliq qo‘mitasining elektron platformasida shakllantirilib, tadbirkorlarning shaxsiy kabinetida ko‘rsatilmoqda. Yangi reyting tizimi orqali soliq nazorati kuchaytirilib, yashirin iqtisodiyotning ulushi qisqarishiga erishilmoqda.

2024-yilning birinchi yarmida 107 mingdan ortiq tadbirkorlik subyekti ishchilar sonini oshirgan bo‘lsa, yana minglab korxonalar ish haqi fondini sezilarli darajada oshirgan. Shuningdek, 317 ta eng yuqori reytingga ega tadbirkorlik subyektiga QQS to‘lovlari bir kun ichida qaytarilgan.

Bundan tashqari, reyting natijalariga qarab tadbirkorlar uchun soliq tekshiruvlari kamaytirilgan va yangi imtiyozlar joriy etilgan. Eng yuqori reytingga ega tadbirkorlik subyektlari uchun 7 yillik to‘lov shartlari bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini taqdim etish ko‘zda tutilgan.

Yangi reyting tizimi nafaqat korxonalarning iqtisodiy barqarorligini oshirish, balki ularni moliyaviy rag‘batlantirish imkoniyatini ham beradi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing