O’zbekistonda tadbirkorlar uchun yangi platforma ishga tushdi

Biznes

Qulay raqamli tizim foydalanuvchilarning barcha so‘rovlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri malakali mutaxassislarga tez va maqsadli yetkazib berishni ta’minlaydi. Bu haqda Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasining matbuot xizmati xabar berdi.

O’zbekistonda tadbirkorlar uchun yangi platforma ishga tushdi
“Ushbu subsidiya.epauzb.uz elektron platformasi orqali tadbirkorlar bank-moliya va soliq, imtiyoz, subsidiya va preferensiyalar, bojxona va karantin, kommunal xizmatlar, sertifikat, ruxsatnomalar va kvotalar, transport-logistika va shu kabi boshqa masalalarda 5 daqiqada murojaat, shikoyat yoki taklifingizni yo’llab, ariza holatini 24/7 rejimda real vaqtda kuzatib borishi mumkin”, — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, shuningdek, arizani "offline" tarzda Savdo-sanoat palatasi va "O'zbekspertiza" AJ hududiy bo'linmalarida tashkil etilgan "Eksport markazi shtab"lariga qoldirish imkoniyati mavjud.

Savdo-sanoat palatasining ta’kidlashicha, barcha murojaatlar hal etilishi tegishli davlat organlari nazoratida.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing