O‘zbekistonda vafot etganlar soni ko‘payib, tug‘ilish kamayishi davom etmoqda

O'zbekiston

Statistika agentligi xabar berishicha, yurtimizda 2024-yil yanvar–sentyabr oylarida tug‘ilganlar soni o‘tgan yilga nisbatan kamaygan, vafot etganlar soni esa oshib bormoqda.

O‘zbekistonda vafot etganlar soni ko‘payib, tug‘ilish kamayishi davom etmoqda
O’zbekistonning doimiy aholisi soni joriy yil 1-oktyabr holatiga ko’ra, 37 million 355 ming kishidan oshdi. Erkaklar soni 18,8 million, ayollar 18,5 million nafardan ko‘proq. Mamlakat shaharlarida 19 million, qishloqlarida 18,3 million kishi istiqomat qilib kelmoqda.

Respublikamizda Yanvar–sentyabr oylarida 693,9 ming nafar chaqaloq dunyoga kelgan. 2023-yilda esa tug‘ilishlar soni 716,9 mingtani tashkil etgan.

2024-yilning 9 oyi davomida mamlakatda 131,7 ming odam vafot etgan bo‘lsa, o‘tgan yilning shu davrida 129,7 ming inson hayotdan ko‘z yumgan ma’lum bo’ldi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing