O‘zbekistonda yomg‘ir hosil qilish bo‘yicha BAA tajribasi joriy etilishi mumkin

Texnologiya

Baxtiyor Saidov Abdulloh Al Mandus bilan uchrashuvda BAAda ishlab chiqilgan ilg‘or texnologiyalar, jumladan, yomg‘ir hosil qilish usuli bilan tanishdi va ularning tajribasini O‘zbekistonda, ayniqsa, Orolbo‘yi mintaqasida joriy etish istiqbollarini muhokama qildi.

O‘zbekistonda yomg‘ir hosil qilish bo‘yicha BAA tajribasi joriy etilishi mumkin
O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Birlashgan Arab Amirliklari iqlim o‘zgarishi va atrof-muhit vaziri Mariyam Almheyri bilan uchrashdi. Bu haqda Saidov o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri BAAga tashrifi davomida Jahon meteorologiya tashkiloti prezidenti, BAA Milliy meteorologiya markazi bosh direktori doktor Abdulloh Al Mandus bilan ham uchrashuv o‘tkazgan.

Uchrashuvda BAAda ishlab chiqilgan ilg‘or texnologiyalar va yangi metodologiyalar, jumladan, yomg‘ir hosil qilish usuli bilan tanishgan va ularning tajribasini O‘zbekistonda, ayniqsa, Orolbo‘yi mintaqasida joriy etish istiqbollarini muhokama qilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing