O'zbekistonga birinchi yarimyillikda xorijiy investitsiya 15,5 milliard dollarni tashkil etdi

Iqtisodiyot

Jami kapital qoʼyilmalar 229 trillion soʼmni tashkil qilgan. Shuningdek, tadbirkorlik uchun 82 trillion soʼm kredit va 15,5 trillion soʼm subsidiya berilib, 600 ming aholi biznesga jalb qilingan.

O'zbekistonga birinchi yarimyillikda xorijiy investitsiya 15,5 milliard dollarni tashkil etdi
Oʼzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida iqtisodiy oʼsish surʼatlarini taʼminlash yuzasidan birinchi yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar va kelgusi vazifalarga bagʼishlangan videoselektor yigʼilishi boʼlib oʼtmoqda. Videoselektorda Oʼzbekistonda birinchi yarim yillikda jami kapital qoʼyilmalar 229 trillion soʼmni tashkil qilganini taʼkidlangan. Shundan 15,5 milliard dollari xorijiy investitsiya hisoblanadi.

Yil boshidan 3,5 milliard dollarlik 3 mingta loyiha ishga tushib, 76 mingta yuqori daromadli doimiy ish oʼrni yaratilgan.

Tadbirkorlik uchun 82 trillion soʼm kredit va 15,5 trillion soʼm subsidiya berilib, 600 ming aholi biznesga jalb qilingan. Berilgan yengillik va imtiyozlar hisobiga tadbirkorlar ixtiyorida 56,3 trillion soʼm mablagʼ qoldi.

Sayxunobod, Uychi, Zarbdor va Gʼijduvon tajribalari boshlangani, iqtisodiy kompleks mahallaga tushirilgani hisobiga 4 mingdan ortiq mahalla sanoat va qishloq xoʼjaligiga ixtisoslashdi, 1 million 600 ming aholi rasmiy band boʼldi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing