O‘zbekistonga eng ko‘p soliq to‘lagan xorijiy IT-gigantlar ma’lum qilindi
Biznes
O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 56 ta xorijiy kompaniya 2023 yilda salkam 70 mlrd so‘m soliq to‘ladi. Shundan 60 mlrd so‘mi Meta, Google va Apple hissasiga to‘g‘ri keladi.
2023-yilning yanvar-dekabr oylarida O‘zbekistonda elektron xizmat ko‘rsatuvchi 56 ta xorijiy kompaniya tomonidan 70 mlrd so‘mga yaqin soliq to‘langan. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.
Bunda to‘langan soliqlarning 90 foizi elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 10 ta xorijiy kompaniya hissasiga to‘g‘ri keladi. Ro‘yxatda qariyb 26,4 mlrd so‘m soliq to‘lagan Meta korporatsiyasi (Facebook, Instagram va WhatsApp egasi) yetakchilik qilmoqda.
Top-o‘ntalik quyidagicha:
Meta – 26,4 mlrd so‘m;
Google – 20,3 mlrd so‘m;
Apple – 12,9 mlrd so‘m;
Amazon – 2,2 mlrd so‘m;
Vooking.som – 1,6 mlrd so‘m;
Netflix – 1,2 mlrd so‘m;
Xsolla – 816 mln so‘m;
Zoom – 763 mln so‘m;
Yandex - 690 mln so‘m;
Adobe Systems - 437 mln so‘m.

Powered by Froala Editor