O‘zbekistonliklar orasida Turkiyaga sayohatlar oshmoqda

O'zbekiston

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-may oylarida 88,6 ming nafar O‘zbekiston fuqarosi turli maqsadlarda Turkiyaga safar qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 24,7 ming kishiga yoki 38,7 foizga ko‘pdir.

O‘zbekistonliklar orasida Turkiyaga sayohatlar oshmoqda
Safarlarning asosiy maqsadi turizm bo‘lib, 67 036 nafar fuqaro aynan sayohat uchun Turkiyani tanlagan. Shuningdek, 18 793 nafar fuqaro qarindoshlarini ziyorat qilish uchun, 1 252 nafar kishi davolanish uchun, 798 nafar talaba o‘qish uchun, 769 nafari esa xizmat safariga borgan.

Turkiyaning mashhurligi o‘zbekistonliklar orasida vizasiz rejim, arzon va qulay aviaqatnovlar hamda sayohat imkoniyatlarining kengligi bilan izohlanmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing