O'zbekistonning birinchi elchisi Chernogoriya Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
O'zbekiston
Ikki tomonlama munosabatlar tarixida O'zbekistonning Chernogoriyadagi birinchi Favqulodda va Muxtor Elchisi Oybek Shaxavdinov (qarorgohi Budapesht shahrida joylashgan) 25-noyabr kuni Chernogoriya Prezidenti Yakov Milatovichga ishonch yorliqlarini topshirdi.
Prezident qarorgohida bo'lib o'tgan tantanali marosimdan so'ng o'tkazilgan muloqot chog'ida O'zbekiston-Chernogoriya munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari, ularni yangi sifat bosqichiga olib chiqish bo'yicha istiqboldagi vazifalar muhokama qilindi.
Prezident Yakov Milatovich O'zbekiston xalqini ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo'lida erishilgan muvaffaqiyatlar bilan tabriklab, yurtimizga tinchlik, taraqqiyot va farovonlik tiladi. Chernogoriya rahbari, shuningdek, O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning islohotlar va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash borasidagi tashabbuslari muhimligini aytib o'tildi.
Chernogoriya ikki tomonlama munosabatlar, xususan, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy sohalardagi salohiyatni yuqori baholaydi. Prezident sayyohlik va gumanitar almashinuvlar uchun qulay sharoitlar yaratish bosh maqsadlar biri ekanini ma'lum qildi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston va Chernogoriya o'rtasidagi diplomatik munosabatlar 2006-yil 19-dekabr kuni o'rnatilgan.
Oybek Shaxavdinov ikki tomonlama munosabatlar tarixida O'zbekistonning Sloveniyadagi, 23-oktabr kuni Xorvatiyadagi birinchi elchisi bo'ldi. U 2024-yil mart oyida O'zbekistonning Vengriyadagi elchisi lavozimiga tayinlangan.

Powered by Froala Editor