O‘zbekistonning eng faol ishbilarmon hududlari aniqlandi
Biznes
Mart oyida bojxona tushumlari, tovarlar eksporti va tovar-xom ashyo birjasidagi bitimlarni o‘sish tendensiyasi davom etdi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining matbuot xizmati ma’lum qildi.
Monitoring natijalariga ko‘ra, joriy yilning mart oyida soliq tushumlari hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6,5%ga oshdi.
Shu bilan birga, soliq tushumlari Surxondaryo (11,1%), Farg‘ona (5,5%) viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (12,9%) sezilarli darajada oshgani qayd etildi.
Soliq tushumlari manbalari bo‘yicha mol-mulk solig‘idan olinadigan daromad 31%ga, yer solig‘i 30%ga va daromad solig‘i 17%ga oshdi.
Bojxona to‘lovlari bo‘yicha tushumlar 20,3%ga oshdi. Eng sezilarli o‘sish Jizzax (180,4%), Qashqadaryo (152,5%), Xorazm (55,8%) va Navoiy (51,7%) viloyatlarida qayd etildi.
Bojxona qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, tovarlar eksporti 5,8%ga oshgan. Eksport hajmi eng yuqori bo‘lgan hududlar Navoiy (54,2%), Qashqadaryo (37,9%), Xorazm (32,9%) va Samarqand (29,7%) viloyatlari bo‘ldi.
Tijorat banklari tomonidan berilgan kreditlar hajmi 0,2%ga oshdi. Kreditlar berish bo‘yicha eng katta o‘sish Navoiy viloyatida (8,4%ga) va Toshkent shahrida (10,5%ga) qayd etildi.
Oy davomida O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasida bitimlar 50,1%ga o‘sdi. Birja faoliyati o‘sishini ta’minlagan viloyatlar Jizzax (171,2%), Sirdaryo (151,3%), Xorazm (101,2%) viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi (161,9%) bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi hududlarida ishbilarmonlik faolligi tahlili har oyda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan tezkor ma’lumotlar asosida (respublikaning barcha sohalari bo‘yicha o‘tkazilgan monitoring, Davlat bojxona qo‘mitasi, DSQ, MB va O‘zRXTB) hisoblab chiqiladi.

Powered by Froala Editor