O'zbekistonning Turkmanistondagi yangi elchisi tayinlandi

O'zbekiston

28-noyabr kuni O'zbekistonning yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Ravshanbek Alimov Turkmaniston poytaxtiga tashrif buyurdi. U 2020-2024-yillarda Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo'mitasi raisi vazifasida ishlagan.

O'zbekistonning Turkmanistondagi yangi elchisi tayinlandi
58 yoshli diplomat N.Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universitetini, O'zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini, Jorjtaun universitetini (AQSH) tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1990-yilda viloyat darajasida Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tizimida (hozirgi Investitsiya, sanoat va savdo vazirligi) boshlagan.

Keyinchalik O'zbekiston Prezidenti devoni, Bosh vazir kotibiyatida, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligida boshqarma boshlig'i lavozimlarida ishlagan. 2002–2008-yillarda esa O'zbekistonning Ukrainadagi elchisi va o'rindoshlik asosida Moldovada elchi, shuningdek, Fransiyadagi va o'rindoshlik asosida Portugaliyada elchi bo'lib ishlagan.

Ravshanbek Alimov 2008-yildan buyon TIV tizimida. O'tgan yillar davomida Moskvadagi elchixonada maslahatchi, markaziy apparatda bo'lim boshlig'i va boshqarma boshlig'i lavozimlarida faoliyat ko'rsatgan.

2020-yilda u senator etib saylandi. Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo'mitasi raisi Ravshanbek Alimov 2016-2024-yillarda O'zbekistonning Ashxoboddagi elchisi bo'lib ishlagan Akmal Qo'chqorov o'rniga tayinlandi.

Yangi tayinlangan elchi ingliz, fransuz, rus va ukrain tillarini mukammal biladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing