O'zekspomarkazda xalqaro sanoat ko'rgazmalari o’tkazilmoqda

O'zbekiston

International Expo Group ko‘rgazma kompaniyasi 2024 yilning bahor mavsumini xalqaro sanoat ko‘rgazmalari bilan ochmoqda.

O'zekspomarkazda xalqaro sanoat ko'rgazmalari o’tkazilmoqda
3-5 aprel kunlari «Oʻzekspomarkazda» tog‘-kon sanoati, metallga ishlov berish va kimyo sanoati, shuningdek, xavfsizlik, transport va maxsus texnikaga bag‘ishlangan Xalqaro sanoat forumi o‘z ishiniboshlaydi.

Birlashgan ekspozitsiyada dunyoning 18 mamlakatidan 171 kompaniya qatnashmoqda.

Ko'rgazmada quyidagi mamlakatlar qatnashdi: Oʻzbekiston, Avstriya, Ozarbayjon, Belarus, Germaniya, Hindiston, Eron, Italiya, Qozog‘iston,
Qatar, Xitoy, Latviya, Koreya Respublikasi, Rossiya, Turkiya, Chexiya, Shveytsariya va Shvetsiya.

Xorijiy tadbirkorlarning Oʻzbekiston bozoriga qiziqishi ularning faolligini yaqqol namoyish qilmoqda – ko‘rgazma ishtirochilarining 80 foizini xorijiy kompaniyalar tashkil qiladi. Xususan, Xitoy XalqRespublikasi korxonalarining katta qiziqishi kuzatilmoqda.

Tashrif buyuruvchilar quyidagi ko’rgazmalar ishtirokchilari bilan tanishishlari mumkin:

UzMetalMashExpo -2024 - «Metallurgiya va metallarga ishlov berish. Dastgohsozlik, Mashinasozlik. Payvandlash»

UzTechTransExpo — 2024 — «Transport, logistika, maxsus texnika, avtomobilsozlik»

UzMiningExpo — 2024 — «Tog‘-kon sanoati uchun texnologiyalar va uskunalar»

UzSecureExpo — 2024 — «Xavfsizlik texnologiyalari, yong‘indan himoya qilish, IT-xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish»

UzChemPlastExpo — 2024 — «Kimyo. Plastmassa. Laboratoriya va tahlil»

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing