Parij apellyatsiya sudi Fransiya sobiq prezidenti Nikolas Sarkozini ozod qildi

Dunyo

Parij apellyatsiya sudi Fransiya sobiq prezidenti Nikolas Sarkozini ozod qilish to‘g‘risidagi iltimosnomani qondirdi. U 21-oktabrdan beri qamoqda edi. Endilikda u sud nazorati ostida bo‘ladi.

Parij apellyatsiya sudi Fransiya sobiq prezidenti Nikolas Sarkozini ozod qildi
RIA Novosti xabariga ko‘ra, sud qaroriga muvofiq, korrupsiya va ta’sir savdosi bo‘yicha besh yillik jazoni o‘tayotgan Fransiya sobiq prezidenti qamoqdan ozod etiladi.

Sarkozi 21-oktabrdan buyon hibsda saqlanayotgan edi. Apellyatsiya instansiyasi himoya tomonining arizasini ko‘rib chiqib, qamoq jazosini sud nazorati bilan almashtirishga rozi bo‘ldi.

Endilikda u ma’lum cheklovlarga rioya qilishi kerak bo‘ladi, jumladan, ishda qatnashgan shaxslar bilan aloqa qilmaslik va sud chaqirig‘iga javob berish majburiyati.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing