Paynet kassalari orqali kartadan naqd pul olish imkoniyati paydo bo'ldi
O'zbekiston
Markaziy bank Paynet toʻlov tizimini “tartibga solish qumdoni” reyestriga kiritdi, deb xabar qildi regulyator matbuot xizmati. Bu Paynet kassalarida kartadan pul yechib olish imkonini beradi. Sinov muddati 1 iyunda boshlanadi va 2023 yil 1 dekabrgacha davom etadi.
Bungacha xuddi shunday amaliyot “Korzinka” savdo tarmog‘ida ham yo‘lga qo‘yilgan edi, mazkur savdo tarmog‘i uchun pilot loyihani amalga oshirish muddati 1-maydan 1-noyabrgacha belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev mart oyida o‘z farmoni bilan kartalardagi pullarni naqdlashtirish bo‘yicha tajriba o‘tkazishga ruxsat bergan edi. Hujjatga ko‘ra, Toshkent shahridagi savdo shoxobchalari va xizmat ko‘rsatish muassasalari virtual kassaga ega bo‘lgan taqdirda xizmat ko‘rsatishi mumkin bo‘ladi.
Markaziy bank moliyaviy xizmatlarni 2022 yilning kuzida "qumdon" rejimida sinovdan o'tkazish tartibini tasdiqladi. Bu xizmatlar turlarini ko‘paytirish, banklar va boshqa tashkilotlar o‘rtasidagi raqobatni rivojlantirishga erishishi ta’kidlangan edi.

Powered by Froala Editor