Poyezdlarda yoʻlovchilarga choy, ichimlik suvi va shakar bepul beriladi
O'zbekiston
Joriy yilning 18-dekabr kuni “Temir yoʻl transporti sohasida davlat tomonidan tartibga solinadigan va bozor tamoyillari asosida koʻrsatiladigan xizmatlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 851-sonli Hukumat qarori qabul qilindi.
Unga koʻra, quyidagilar tasdiqlandi:
- Temir yoʻl transporti sohasida davlat tomonidan tartibga solinadigan xizmatlar roʻyxati;
- Temir yoʻl transporti sohasida bozor tamoyillari asosida koʻrsatiladigan xizmatlar roʻyxati;
- Temir yoʻl transporti sohasida isteʼmolchilarga bepul koʻrsatiladigan xizmatlar roʻyxati.
Bunda isteʼmolchilarga aravacha, ona va bola xonasidan foydalanish, kutish zalida Wi-Fi, nogironlar uchun aravachalar, yoʻl davomida choy, ichimlik suvi, shakar bepul etib belgilandi.

Powered by Froala Editor