Poytaxt metrosi 145 milliondan ortiq yo‘lovchi tashildi

O'zbekiston

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–iyun oylarida Toshkent metropoliteni xizmatidan 145,4 million yo‘lovchi foydalangan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 14,2 million kishiga (10,8%) ko‘pdir.

Poytaxt metrosi 145 milliondan ortiq yo‘lovchi tashildi
So‘nggi besh yilda metro yo‘lovchilari soni deyarli yetti baravar oshgan. Statistik ma’lumotlar quyidagicha:

2020-yil – 38,8 million yo‘lovchi,

2021-yil – 101,8 million,

2022-yil – 136,7 million,

2023-yil – 172,0 million,

2024-yil – 270,3 million.

Bunday o‘sishga metro liniyalarining kengayishi va poytaxt aholisi orasida jamoat transportiga bo‘lgan talabning oshishi sabab bo‘ldi. Hozirda Toshkentda to‘rtta metro yo‘nalishi mavjud bo‘lib, ular 50 ta bekatni qamrab olgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing