Prezident 10 ta tuman va 2 ta shahar hokimini ishdan olish boʻyicha topshiriq berdi
O'zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Amudaryo, Qo‘rg‘ontepa, Buxoro, Mirishkor, Chiroqchi, Xatirchi, Payariq, Oqoltin, Guliston, Oqqo‘rg‘on tumanlari, Navoiy va Yangiyo‘l shaharlari hokimlarini lavozimidan ozod qilish boʻyicha topshiriq berdi. Ular hududida xorijiy sarmoyalarni o‘zlashtirish koʻrsatkichlari pastligi va investisiya muhiti qoniqarsizligi sabab ishdan ketmoqda.
Ayni vaqtda Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida investisiyalar jalb qilishni yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, yig‘ilishda yil boshida reja qilingan xorijiy sarmoyalarni o‘zlashtirish vazifalarining ijrosi ko‘rib chiqilgan. Unga koʻra, bu yilgi investisiya va hududiy dasturlar doirasida jami 20 mlrd dollar xorijiy sarmoyalarni o‘zlashtirish bo‘yicha katta marralar belgilangan edi. Bu boradagi ijobiy tajriba sifatida o‘tgan olti oyda Andijon shahri, Buloqboshi, Romitan, Gʻallaorol, Forish, Karmana, Davlatobod, Chust, Kattaqo‘rg‘on, Sirdaryo tumanlarining har biriga 50 mln dollardan ko‘p to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiya olib kelingan. Natijada ushbu tumanlarda jami 50 mingta yangi ish o‘rinlari, qo‘shimcha 1 trln so‘m tushum paydo bo‘lgan.
Xabarda aytilishicha, Amudaryo, Qo‘rg‘ontepa, Buxoro, Mirishkor, Chiroqchi, Xatirchi, Payariq, Oqoltin, Guliston, Oqqo‘rg‘on tumanlari, Navoiy va Yangiyo‘l shaharlarida bu ko‘rsatkichlar pastligi, investisiya muhiti qoniqarsizligi tanqid qilingan. Prezident ushbu tuman va shahar hokimlarini lavozimidan ozod qilish bo‘yicha topshiriq bergan.
“Bosh prokuratura va Hisob palatasiga ushbu hokimlar faoliyatini o‘rganib, qonun ustuvorligini ta’minlash topshirildi”, deyiladi xabarda.

Powered by Froala Editor