Prezident amaliy tashrif bilan Turkmanistonga jo‘nab ketdi
O'zbekiston
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4-avgust kuni Turkmanistonga amaliy tashrif bilan jo‘nab ketdi. U yerda u dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan davlatlar bo‘yicha BMTning uchinchi konferensiyasida ishtirok etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov taklifiga binoan 4-avgust kuni Avaza shahrida bo‘lib o‘tadigan BMTning Dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan rivojlanayotgan davlatlar bo‘yicha uchinchi konferensiyasida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Turkmanistonga jo‘nab ketdi.
Anjumanda transport bog‘liqligini kuchaytirish, savdo tartiblarini soddalashtirish, iqlim o‘zgarishi va ekologik muammolarga qarshi kurash, shuningdek, barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish masalalari muhokama qilinadi.
Tadbir yakunida Avaza siyosiy deklaratsiyasi va Harakatlar dasturi qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, davlat rahbari Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining yettinchi maslahat uchrashuviga tayyorgarlik doirasidagi tadbirda qatnashadi va qator ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazadi.

Powered by Froala Editor