Prezident BMT Bosh Assambleyasining yubiley 80-sessiyasida nutq so‘zlaydi
O'zbekiston
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kelasi hafta Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tadigan BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasida ishtirok etadi. Uning nutqi 23-sentyabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Yubiley sessiyasi «Birgalikda harakat qilish: tinchlik, taraqqiyot va inson huquqlari yo‘lida 80 yil hamkorlik va kelajak sari yo‘l» shiori ostida o‘tadi. 22-sentyabr kuni yuqori darajadagi yig‘ilish, 23–27 va 29-sentyabr kunlari esa davlat va hukumat rahbarlarining umumiy munozaralari bo‘lib o‘tadi.
Safar oldidan AQShning Vashington shahrida (Kongress Raybern binosi) va BMTning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida «Yangi O‘zbekiston: Shavkat Mirziyoyev yo‘li» nomli kitobning inglizcha taqdimotlari bo‘lib o‘tdi.
Delegatsiya tarkibida hukumat a’zolari, parlament va turli tashkilotlar vakillari ham bor.

Powered by Froala Editor