Prezident davlat rahbarlari sammitiga doir tayyorgarlik tadbirida ishtirok etdi
O'zbekiston
5-avgust kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuviga tayyorgarlik bo‘yicha maxsus tadbirda ishtirok etdi. Unda mintaqaviy hamkorlik va yangi tashabbuslar muhokama qilindi.
O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev Avazada bo‘lib o‘tgan tadbirda kelgusi Toshkent sammitiga tayyorgarlik jarayonlari haqida ma’lumot berdi. Uchrashuvda Turkmaniston, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Ozarbayjon vakillari ishtirok etdi.
Prezident Mirziyoyev O‘zbekiston raisligida Konsepsiya va tadbirlar jadvali qabul qilinganini, turli sohalarda vazirlar, ekspertlar va yoshlar ishtirokida uchrashuvlar o‘tkazilayotganini ta’kidladi.
U sammit kun tartibida siyosiy muloqotni chuqurlashtirish, savdo aloqalarini kengaytirish, transport bog‘liqligini mustahkamlash va iqlim hamda suv-energetika sohalarida hamkorlikni rivojlantirish masalalari ustuvor bo‘lishini qayd etdi.
Tadbirda Ozarbayjon ishtirokiga alohida e’tibor qaratilib, mintaqaviy loyihalarda u bilan hamkorlik kengayib borayotgani aytildi.
Shavkat Mirziyoyev mintaqa davlatlari birgalikdagi harakatlari barqaror taraqqiyot va umumiy farovonlikka xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

Powered by Froala Editor