Prezident G‘alaba yubileyi munosabati bilan Moskvaga boradi

O'zbekiston

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2025-yil 8-9-may kunlari amaliy tashrif bilan Moskva shahrida bo‘ladi. Taklif Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putindan keldi.

Prezident G‘alaba yubileyi munosabati bilan Moskvaga boradi
Rasmiy rejaga muvofiq, O‘zbekiston yetakchisi Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi. Bundan tashqari, tashrif davomida oliy darajadagi muzokaralar va ikki tomonlama uchrashuvlar rejalashtirilgan bo‘lib, ularda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlikning asosiy masalalari ko‘rib chiqiladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing