Prezident gaz ta’minotidagi uzilishlar yuzasidan oxirgi ogohlantirish berdi
O'zbekiston
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishida hukumat va mutasaddi idoralar islohotlarni amalga oshirishni paysalga solayotganini keskin tanqid qildi. Elektr tarmoqlarida kuzatilayotgan yozgi yuklama sharoitida suyultirilgan gaz ta’minotidagi uzilishlar va energiya samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Davlatimiz rahbari bir qator vazirlar va mutasaddilarning ijro intizomi bo‘shligi islohotlar muddatidan kechikib, ijtimoiy taranglik to‘planib qolishiga olib kelayotganini ta’kidladi.
Eng dolzarb masalalardan biri suyultirilgan gaz ta’minotidagi uzilishlar bo‘ldi. "Issiq kunlarda gazda shuncha muammo bo‘lsa, qishda odamlar qozonini nimada qaynatadi?" - dedi Prezident. Uning qayd etishicha, Andijon va Surxondaryo viloyatlarida fuqarolar murojaatlarining 70 foizigacha aynan shu muammo bilan bog‘liq.
"Rahbarlarga so‘nggi ogohlantirish: bu masalaga ikki haftada yechim topsin, bo‘lmasa o‘zi bilib joyini bo‘shatib qo‘ysin," - deya talab qo‘ydi Shavkat Mirziyoyev.
Issiq kunlar boshlanishi sababli elektr energiyasi iste’moli ortishi bilan bog‘liq xatarlar ham muhokama qilindi. Prezident ikki oy oldin Energiya samaradorligi agentligi tashkil etilgani va byudjetdan 100 mlrd so‘m ajratilganini eslatdi. Endilikda Energetika vazirligi, agentlik, shuningdek, hokimliklar va davlat korxonalari oldida oylik energiya iste’moli 500 kVt/soatdan yuqori bo‘lgan xodimlarni aniqlash va ularni energiya tejovchi texnologiyalarga o‘tkazishda qo‘llab-quvvatlash vazifasi turibdi.
Bunday fuqarolar o‘z xonadonidagi energiya tizimini modernizatsiya qilish uchun budjetdan tashqari manbalardan "yashil kredit," subsidiya yoki sudа orqali mablag‘ olishi mumkinligi qayd etildi.
Yil yakuni bilan kamida 100 mingta xonadon energiya tejamkor tizimlarga o‘tishi kerakligi ta’kidlandi.

Powered by Froala Editor