Prezident mamlakatdagi kimyo sanoatini qattiq tanqid qildi
O'zbekiston
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6 fevral kuni yig‘ilish o‘tkazib, unda mamlakat kimyo sanoatining bugungi holatini keskin tanqid qildi. Mazkur yig‘ilishda investitsiyalar faol jalb qilinib, soha rivojlantirilayotganiga qaramay, yirik korxonalar haligacha zamon talablariga javob bermayotganligi qayd etildi.
Prezident ushbu sohada boy berilgan imkoniyatlarni ko‘rsatib, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, energiya samaradorligini oshirish va mahsulot tannarxini kamaytirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Yig‘ilishda sohadagi dolzarb muammolar va ularni bartaraf etish choralari muhokama qilindi.
Prezident yuqori texnologik investitsiya loyihalarini jadal amalga oshirish, korxonalarni to‘liq raqamlashtirish zarurligini ta’kidladi.
Yig‘ilish so‘ngida mutasaddilarga tarmoqdagi muammolarni tezkor hal etish, mavjud imkoniyatlarni to‘liq ishga solish va loyihalarni jadallashtirish bo‘yicha qat’iy topshiriqlar berildi.

Powered by Froala Editor