Prezident Oʻzbekistonda raqamli favqulodda holatlar tizimini yaratishni topshirdi
O'zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha yangi yondashuvlar bilan tanishib, xavf-xatarlarni boshqarishning proaktiv va raqamli modeliga o‘tish zarurligini ta’kidladi.
Ta’kidlanishicha, sohada 30 dan ortiq qonun hujjatlari mavjud bo‘lsa-da, hali yagona kompleks himoya dasturi ishlab chiqilmagan. 2009-yilda qabul qilingan “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonun ham zamonaviy talablarga javob bermaydi.
Davlat rahbari xavflarni oldindan baholay oladigan proaktiv tizim yaratish zarurligini qayd etdi. Bugungi kunda favqulodda holatlarning 70 foizdan ortig‘i aholining uylarida, asosan nosoz gaz va elektr jihozlari sababli yuz bermoqda. Shu bois, ishlarni mahalla darajasida, har bir ko‘cha va xonadonda olib borish muhimligi ta’kidlandi.
Prezident raqamlashtirishni asosiy yo‘nalishlardan biri sifatida belgilab, favqulodda signal qabulidan tortib oqibatlarni bartaraf etishgacha bo‘lgan jarayonlarni to‘liq raqamlashtirishni topshirdi. Shuningdek, zamonaviy texnika ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hamda professional qutqaruvchilar tayyorlash bo‘yicha doimiy ta’lim tizimini yaratish vazifasi qo‘yildi.

Powered by Froala Editor