Prezident Shavkat Mirziyoyev Dushanbega tashrif buyurdi
O'zbekiston
9-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishchi tashrif bilan Tojikiston poytaxti Dushanbega keldi.
Dushanbe xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Tojikiston Bosh vaziri Kohir Rasulzoda va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Tashrif doirasida Prezident Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Rossiya” ikkinchi sammiti hamda MDH Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishida ishtirok etadi. Sammitlarda mintaqaviy xavfsizlik, savdo-iqtisodiy hamkorlik, transport va energetika sohalaridagi dolzarb masalalar muhokama qilinadi.
Shuningdek, Dushanbeda davlat rahbarlarining ikki tomonlama uchrashuvlari ham rejalashtirilgan.

Powered by Froala Editor