Prezident ta’limni rivojlantirishdagi xizmatlari uchun Alisher Tillayevni mukofotladi
O'zbekiston
O‘zbekistonda O‘qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim tizimi xodimlari davlat mukofotlariga sazovor bo‘ldi. Prezident Shavkat Mirziyoyev tegishli farmonni imzoladi.
Pedagoglarning xalqaro standartlarga asoslangan ta’lim va tarbiya tizimini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi, o‘quv jarayoniga innovatsion texnologiyalarni keng joriy etishi, malakali kadrlar tayyorlashi hamda barkamol avlodni tarbiyalashdagi xizmatlari alohida e’tirof etildi.
Mukofotlanganlar orasida «International House-Tashkent» akademik litseyi direktori, Milliy tadqiqot universiteti «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» vakili Alisher Hasanovich Tillaev ham bor.
Davlat rahbari o‘qituvchilar va murabbiylarning mehnati mamlakat kelajagini shakllantirish va jamiyatning ma’naviy qadriyatlarini mustahkamlashda beqiyos ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

Powered by Froala Editor