Prezident yangi "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturini e'lon qildi
O'zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida qurilish industriyasi va qurilish materiallari ishlab chiqarishni rivojlantirishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishning boshida davlat rahbari kambag‘allikni qisqartirish va aholi farovonligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.
Prezident tomonidan yaqinda imzolangan ikkita muhim hujjat asosida yangi "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi joriy qilinmoqda. Dastur doirasida shu yilning o‘zida 500 ming, kelgusi yilda esa yana 1 million fuqaro kambag‘allikdan chiqariladi.
Ushbu dasturni amalga oshirish uchun Bandlik vazirligi faoliyati yangi bosqichga ko‘tariladi. Shu sababli, Botir Zohidov yangi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri etib tasdiqlandi. Mahallabay agentligi tugatilib, uning vazifalari vazirlik zimmasiga o‘tkaziladi.
Prezident shuningdek, tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi imkoniyatlardan to‘liq foydalanish zarurligini ta’kidladi. Shu munosabat bilan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Hukumat bo‘ysunuviga o‘tkazilib, unga Bexzod Musayev rahbar etib tayinlandi.

Powered by Froala Editor