Prezidentning birinchi yordamchisi Saida Mirziyoyeva Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan yig‘ilish o‘tkazdi

O'zbekiston

Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida, 7 mart kuni Prezidentning birinchi yordamchisi Saida Mirziyoyeva erishgan yutuqlari va g‘ayrati ko‘pchilikda ilhom manbai bo‘lib kelgan xotin-qizlar bilan uchrashdi.

Prezidentning birinchi yordamchisi Saida Mirziyoyeva Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan yig‘ilish o‘tkazdi
Uchrashuv ishtirokchilari tajriba almashdilar, yutuqlari haqida gapirib, muvaffaqiyat sirlari bilan o'rtoqlashdilar. Ayollar hayotining turli jabhalarida, jumladan, madaniy va ijtimoiy muhitda duch kelayotgan muammolarni aniqlashga alohida e’tibor qaratildi.

“Yurtimizda ana shunday samimiy, mehribon, matonatli, qatʼiyatli xotin-qizlar koʻpligidan xursandman. Ular oʻzlarini toʻlaqonli namoyon etib, maqsadlari yoʻlida dadil qadam qoʻymoqdalar. Muammolarni koʻtarishdan choʻchimaydigan, ularni hal etishga intilib, bugunimiz va kelajagimizni oʻzgartirishga hissa qoʻshayotgan har bir opa-singlimizga minnatdorlik bildiraman”, — deb yozdi Saida Mirziyoyeva o‘zining telegram-kanalida.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing