Donald Tramp ilk bor O‘zbekistonga kelishi mumkin
O'zbekiston
AQShning prezidenti Donald Tramp O‘zbekistonga tashrif buyurishi ehtimoli bor, deb yozmoqda Eurasianet. Agar safar amalga oshsa, u Markaziy Osiyoga kelgan ilk amerikalik prezident bo‘ladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Trampni Toshkentga taklif etib kelmoqda. Joriy yilning aprel oyida tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiya Oq uydagi uchrashuvda rasmiy taklifni topshirdi.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yilda Mirziyoyev Vashingtonda Tramp bilan uchrashgan edi. O‘shanda AQSh prezidenti uni “yuksak hurmatga sazovor inson” deb ta’riflagan.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yilda Mirziyoyev Vashingtonda Tramp bilan uchrashgan edi. O‘shanda AQSh prezidenti uni “yuksak hurmatga sazovor inson” deb ta’riflagan.
Powered by Froala Editor