Putin BAAga yetib bordi
Dunyo
Abu-Dabidagi ish dasturi yakunida Rossiya Prezidenti Ar-Riyodga boradi.
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Abu-Dabiga yetib bordi va u yerda BAA Prezidenti Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan muzokaralar o‘tkazadi.
Rossiya davlati rahbari yordamchisi Yuriy Ushakovga koʻra, uchrashuv delegatsiyalar ishtirokida boshlanadi, keyinroq yetakchilar yuzma-yuz muloqotni davom ettiradi.
Abu-Dabidagi ish dasturi yakunlangach, Putin Ar-Riyodga boradi. U yerda valiahd shahzoda, Saudiya Arabistoni Podshohligi Vazirlar kengashi raisi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilgan.
Ushakovning taʼkidlashicha, Rossiya Prezidenti BAA va Saudiya Arabistoniga bunday tashriflar protokoli va anʼanalarida koʻrsatilgan sovgʻalar bilan bormoqda.
Putin oxirgi marta Birlashgan Arab Amirliklari va Saudiya Arabistoniga 2019-yil oktyabr oyida tashrif buyurgan edi.

Powered by Froala Editor