Putin Kim Chen Inga “Aurus” rusumli limuzin sovg‘a qildi
Dunyo
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inga limuzin sovg‘a qildi, bu esa Kim Chen Inning yadroviy va boshqa qurol dasturlari tufayli Shimoliy Koreyaga BMT tomonidan kiritilgan ko'plab sanksiyalarni buzish demakdir. Moskvaning o'zi ham bir vaqtlar bu sanksiyalarni joriy etish uchun ovoz bergan edi.
Matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, gap “Aurus” rusumli limuzin haqida ketmoqda. Hashamatli avtomobillar Shimoliy Koreyaga eksport qilish taqiqlangan tovarlar ro‘yxatiga kiritilgan.
2016-yilda qabul qilingan rezolyutsiya barcha aʼzo davlatlardan KXDRga bunday tovarlar yetkazib berilishiga yoʻl qoʻymaslikni talab qiladi. Peskov sanksiyalarning buzilishiga izoh bermadi. Janubiy Koreyada sovg‘a “sanksiyalarning buzilishi” deb atalgan.
Koreya Birlashma vazirligi vakili Rossiya BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy aʼzosi sifatida oʻz masʼuliyatini unutmasligi va xalqaro meʼyorlarni buzishi mumkin boʻlgan harakatlardan oʻzini tiyishi kerakligini taʼkidladi.

Powered by Froala Editor